INVESTITSIYA LOYIHASI AMALDA
Ingichka qo‘rg‘onida Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda volfram ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 60,0 mln.dollar bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. "Red Persimmon" MChJ xorijiy korxonasining ushbu loyihasi doirasida 100 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Hozirda "Red Persimmon" MChJ xorijiy korxonasi tomonidan ishlar boshlangan bo‘lib, texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, davlat Geologiya qo‘mitasi bilan zaxira konlaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Bugun shahar hokimi o‘rinbosarlari va xorijiy investorlar mazkur korxona faoliyatini tashkil etish borasidagi ishlarni o‘rganish maqsadida Ingichka qo‘rg‘oniga tashrif buyurishdi. Bu yerda olib borilayotgan qurilish-montaj va zaruriy kommunikasiya tarmoqlarini o‘tkazish ishlari ko‘zdan kechirilib, muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.