Investitsiya dasturiga kiritilgan ta’lim muassasalaridagi qurilish ishlari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli qaroriga asosan 2025-yilda Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 3-sonli umumta’lim maktabida “DILShODA OBOD QO‘RG‘ON” MChJ tomonidan hamda 22-maktabgacha ta’lim tashkilotida “Samkat Kamron” X/K tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shahar hokimi Gavhar Alimova mas’ullar ishtirokida mazkur ob'ektlarga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan qurilish jarayonini sifatli olib borilishi bo’yicha o’rganish o’tkazdi.
O’rganish davomida qurilish ishlarini o‘z vaqtida topshirilishi, xavfsizlik masalalari bo‘yicha quruvchilarga tegishli tushuntirishlar berildi.




