Investitsiya dasturiga kiritilgan ta’lim muassasalaridagi qurilish ishlari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli qaroriga asosan 2025-yilda Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 3-sonli umumta’lim maktabida “DILShODA OBOD QO‘RG‘ON” MChJ tomonidan hamda 22-maktabgacha ta’lim tashkilotida“Samkat Kamron” X/K tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun shahar hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Axmedov va shahar prokurorining katta yordamchisi S.Rashidov tomonidan mazkur qurilish ishlarini sifatli olib borilishi hamda o‘z vaqtida topshirilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib borilib, quruvchilarga tegishli tushuntirishlar berildi.
Hozirgi kunda mazkur ob’ektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilib, ikkinchi qavati g‘isht terish ishlari bajarilmoqda.