insurez
23-01-2025 10:37

Investitsiya


Shahrimiz hokimi Gavhar Alimova boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasida safarda bo'lgan Kattaqo'rg'on shahar delegatsiyasi tomonidan ushbu davlatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari va bisnes egalari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda turli yoʻnalishdagi oʻzaro manfaatli hamkorlik kelishuvlariga erishildi. 

Jumladan, Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatining Urumchi shahrida Xinjiang Yinfeng Co.ltd kompaniyasi rahbariyati bilan Kattaqoʻrgʻon shahrida zamonaviy qishloq xoʻjaligi uskuna va texnikalari, ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish hamda ularga texnik xizmat koʻratishni yoʻlga qoʻyish uchun mutaxassislar tayyorlash maktabi tashkil etish boʻyicha Strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Muzokaralar davomida ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida kompaniya rahbari janob Lyu Yuyni joriy yilning fevral oyida shahrimizga tashrif buyurishiga kelishib olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -