Investitsiya
Xitoy davlatida bo'lib turgan Kattaqo'rg'on shahar delegatsiyasi shahrimiz hokimi Gavhar Alimova boshchiligida Xenan shahrida CHJENCHJOU paxta savdo birjasi rahbariyati bilan uchrashib, paxta xom ashyosini savdosi va uni chuqur qayta ishlash bo'yicha bir qancha loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, shu yo'nalishdagi qishloq xo’jaligi texnikalarini qo'llash bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur loyiha doirasida xitoylik investorlarning shu yilda O'zbekistonga tashrifi rejalashtirilmoqda.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.