insurez
04-06-2025 11:16

INSON QADRI UCHUN


Bugun shahar Drama teatrida Qurbon hayiti munosabati bilan tashkil qilingan xayriya aksiyasi ushbu shior ostida bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, idora-tashkilotlar va ta’lim muassasalari rahbarlari, mahallalar yettiligi, tadbirkorlar, sog‘liqni saqlash hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.  

Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi Gavhar Alimova bu kabi xayrli ishlar xalqimizda azaliy qadriyat ekanligini va oramizdagi imkoniyati cheklangan insonlarga g‘amxurlik qilishimiz ham farz ham qarz ekanligi, qolaversa, xayrli ishni har kim har kuni qilishi lozimligini aytar ekan, Qurbon hayiti arafasida o‘tkazilayotgan mazkur marafon shahrimizdagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj insonlarni ko‘ngillariga quvonch ulashishini ta’kidladi.
Aksiyada qatnashgan ishtirokchilar mana shunday xayrli ishga hissa qo‘shayotganliklaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.


                                                                           
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -