INGICHKALIKLAR UCHUN MUNOSIB TUHFA
Bugun Ingichka qo‘rg‘onida Mashrab nomli jom’e masjidining yangi binosini ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari G‘.Islomov, Musulmonlar idorasi vakili, shahar imom xatiblari, nuroniylar ishtirok etdilar.
Ushbu ko‘rkam masjid binosining muborak Ramazon oyi arafasida foydalanishga topshirilishi ingichkaliklar uchun munosib tuhfa bo‘ldi. Tadbirda so‘z olganlar zamonaviy ko‘rinishdagi masjid bilan qutlab, uning xalqimizga xos bo‘lgan ezgu an’ana xashar yo‘li bilan amalga oshirilishida munosib hissa qo‘shgan ingichkaliklarni mehnatlarini e’tirof etdilar.
-Mazkur muhtasham binoda bu yilgi Ramazon oyi ibodatlari o‘qilishi, bu albatta mamlakatimizda namozxonlarning emin - erkin ibodat qilishi uchun yaratilayotgan sharoitlarning natijasi ekanligini ta’kidladilar.
Nuroniylar bu kabi xayrli ishlarning bardavom bo‘lishi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligini tilab duoga qo‘l ochdilar.