INGICHKALIK CHEVAR XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI TA’MINLANDI
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari va shahrimiz jamoatchilik vakillari Ingichka qo‘rg‘onida bo‘lishdi. Bu yerdagi Abdulla Qaxxor nomli mahalla hududida "SAMKAT MEGA STAR INVEST" MChJ tomonidan 100 nafardan ortiq xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tikuv sexining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan shahar hokimi mazkur loyiha doirasida endi Ingichkalik chevar xotin-qizlarning o‘z yashash joylaridan uzoq bo‘lmagan joyda mehnat faoliyatlarini olib borib, tikuvchilik kasbini puxta egallashlariga imkon yaratilganligini ta’kidladi.
Ushbu xayrli ishda tashabbus ko‘rsatgan korxona rahbari va mahalla xotin-qizlar faollari munosib taqdirlanib, ishtirokchilar korxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.