INGICHKADA YIRIK LOYIHA AMALGA OSHIRILMOQDA
Ingichka qo‘rg‘onida Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda volfram ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun Ingichka qo‘rg‘onida bo‘lgan shahar hokimi Gavhar Alimova xitoylik investorlar va mas’ullar hamrohligida "Red Persimmon" MChJ xorijiy korxonasi tomonidan volfram konsentratlarini ishlab chiqarish fabrikasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida fabrikada mutaxassislar va xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Shuningdek, shahar hokimi Ingichkaning “Shimoliy” konida bo‘lib, ushbu loyiha bo‘yicha volfram ma'danining dastlabki namunalarini qazib olish ishlari bilan ham yaqindan tanishdi.
Mazkur loyiha joriy yilning birinchi yarmi yakuni bilan ishga tushurilib, bu yerda jami 120 nafarga yaqin mahalliy aholining bandligini ta’minlash rejalashtirilmoqda.