Ingichkada mehnat yarmarkasi o’tkazildi
Kuni kecha Ingichka qo’rg’oni Abdulla Qaxxor mahallasida Kattaqo’rg’on shahar hokimligi, IIB Probatsiya bo`limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo`limi hamkorligda Oliy ta’lim, kollej va texnikum bitiruvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, migratsiya va jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan ishsizlarni bandligi ta'minlash va hayotda o'zlarining munosib o'rinlarini topishlariga ko'maklashish maqsadida “ Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Ushbu tadbir davomida taklif qilingan fuqarolar o`zlariga maqbul bo`lgan ish o`rinlariga va kasb-hunarga o`qishga yo’naltirildi hamda mehnat qonunchligi doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.
Tadbirda ish beruvchi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.