INGICHKA QO’RG’ONIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
Bugun Kattaqo'rg'on shahar Ingichka qo'rg'onida joylashgan "Kattaqo'rg'on" mahallasida Respublika ishchi guruhi vakili Q.Sobirov hamda shahar IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari G'.Ismoilov tomonidan aholi muammolarini o’rganish maqsadida fuqarolar uchun sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul davomida 35 nafardan ortiq mahalla fuqarolari ishtirok etib, shundan 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, ichki yo'llarni ta'mirlash, bank xizmatlari, probatsiya, tibbiyot va ijtimoiy yordam kabi masalalardan iborat bo’ldi.
Mazkur qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi va qolgan murojaatlarni yechimi bo’yicha tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.