INGICHKA QOʻRGʻONIDA NAVROʻZ BAYRAMI SHODIYONALARI BO'LIB O'TDI
Xalqimizning sevimli ayyomlaridan bo‘lgan Navro‘z umumaxalq bayramini ingichkaliklar ham ko‘tarinki tarzda nishonladilar. Bayram sayli Ingichka madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda ingichka aholisi ishtirok etdi. Bayram sayliga tashrif buyurganlar bu erda tashkil etilgan turli ko’rgazmalar, iste’dodli va sportchi yoshlarning chiqishlari bilan tanishdilar.
Shahar hokimi tadbir ishtirokchilarini Navro‘z bayrami bilan qutlar ekan keyingi yillarda Ingichka qo’rg’onida aholi farovonligi yo’lida amalga oshirilgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlariga alohida to‘xtaldi.
Shahar Madaniyat bo‘limi hamda Ingichka madaniyat markazi san’atkorlari ijrosidagi Navro‘zni tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar tadbirga shukuh bag‘ishlashi bilan birga ingichkaliklarga shod xurramlik ulashdi.
Bayram tadbirlari davom etadi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.