IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH YOʻNALISHIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Sentyabr oyi holatida Kattaqoʻrgʻon shahrida jami nogironligi boʻlgan shaxslar soni 2 607 nafarni tashkil etadi.
Shundan:
338 nafari 1-gurux
1 740 nafari 2-guruh
175 nafari 3-guruh
354 nafari 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalarni;
227 nafari 18-29 yoshgacha nogironligi boʻlgan fuqarolarni;
1233 nafari 30 yoshdan pensiya yoshigacha nogironligi boʻlgan fuqarolarni;
793 nafari pensiya yoshidagi nogironligi boʻlgan fuqarolarni tashkil qiladi.
(Shulardan 1228 nafari ayol va 1379 nafari erkak)
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan faol ijtimoiy himoya tizimi oʻz ishini boshlagandan buyon nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz keksalar hamda toʻliq qamrovli ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslarga toʻliq va sifatli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilib kelinmoqda.
Shaharda 2025- yil sentyabr oyiga qadar jami 191 nafar fuqaro reabilitasiya texnik vositalari bilan ta'minlangan.
26 nafari sayr uchun arаvacha, 96 nafari qoʻltiq tayoq, xassa, koʻzi ojizlar xassasi, tirsakli qoʻltiq tayoq va hokazolar, 17 nafari raqamli eshitish moslamasi bilan ta'minlangan.
Shu bilan birgalikda 52 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar protez ortopediya moslamalari bilan ta'minlandi. Jumladan, qoʻl protezi, oyoq protezi, modulli son protezi va hokazolar.
Markaz tomonidan 154 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligi ta'minlandi. 98 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar monomarkazga,
231 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolar shahar tibbiyot birlashmasida tashkil qilingan reabilitasiya boʻlimiga yotqizib davolandi. Yil boshidan sentyabr oyiga qadar 38 nafar fuqaro toʻliq va 116 nafar fuqarolar qisman reabilitasiya qilindi. Sentyabr oyida 4 nafar fuqaro toʻliq va 31 nafar fuqaro qisman reabilitasiya qilingan.
Kattaqoʻrgʻon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi