insurez
08-02-2025 09:19

Ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi


Kattaqo‘rg‘on shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ul xodimi, Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bobur Abdullayev tomonidan Narpay, Kattaqo‘rg‘on shahar, Ishtixon va Kattaqo‘rg‘on tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlari uchun trening o‘tkazildi.

 Uchrashuv doirasida aholi bilan samarali muloqot o‘rnatish, kasbiy kuyishni oldini olish, kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.

 Shuningdek, treningda ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda turli interaktiv o‘yinlarda ham ishtirok etishdi. Bu esa ijtimoiy xodimlarning kasbiy bilimlarini yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -