insurez
05-06-2024 15:33

Munosabat


Ijtimoiy tarmoqda Kattaqo‘rg‘on shahri Buxoro ko‘chasidan oqib o‘tuvchi zovurdagi holat bo‘yicha takroriy murojaat tarqalgan. 

Mazkur murojaat yuzasidan shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Anvar Alimovning ma’lum qilishicha, bugun mutasaddilar tomonidan joyiga borib kollektor bo‘ylab yurib o‘rganilganda, zovurga yaqin joylashgan tashkilot va xonadonlar hududlaridan oqib turadigan chiqit suvlar tashlamasi aniqlanmagan. Zovurning muhofaza hududining asosiy qismi shu yerda yashovchi fuqarolar tomonidan egallab olinganligi, turli qurilmalar qurilganligi sababli zovurni kovlash uchun maxsus texnikalar ishlashida qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.  
Shahrimiz hududidan oqib o‘tuvchi barcha ochiq kollektorlarda sizot suvlarni chiqib ketishini yaxshilash maqsadida, joriy yilda va 2025 yilning birinchi yarim yilligida davlat dasturi asosida qazish ishlari amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lum qilinadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -