insurez
07-08-2025 14:25

IJTIMOIY NAFAQALAR QONUN DOIRASIDA BELGILANIShI LOZIM


“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi tomonidan ijtimoiy nafaqa uchun ariza berishdan tortib, nafaqalarni tayinlash yoki rad etish jarayonlarining barchasi raqamli tizim asosida amalga oshirilmoqda. Bu tizimning samarali ishlashi natijasida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam berish jarayonlari tubdan soddalashdi. 

Shahar hokimi Gavhar Alimovaning shahrimizdagi mahallalar yettiligi, va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ushbu masalaga bag‘ishlandi.

Dastlab, so'z olgan shahar hokimi shahrimizda aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bunda mahalla yettiligining vazifalari haqida gapirdi.

Yig‘ilishda to‘lanayotgan ijtimoiy nafaqalarning haqqoniyligini ko‘rib chiqish uchun ishchi guruh tashkil qilindi va mahallalarda qayta xatlov o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -