insurez
08-08-2024 16:45

IJRO INTIZOMI YUZASIDAN TEGISHLI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI


Bugun shahar hokimligida ijro intizomi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasidagi holat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari, mahallalar raislari hamda tashkilot-muassasalar raxbarlari va tegishli mutasaddilar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda ijro intizomi, holati hamda “Ijro.gov.uz” (edo.ijro.uz) ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizim orqali berilgan topshiriqlarning ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, Virtual va Xalq qabulxonalariga sohalar kesimida kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, aholiga mavjud muammolarning yechimi bo‘yicha mas’ullar tomonidan tezkor va ishonchli axborot taqdim etilish holati ko‘rib chiqildi.  

Yig‘ilishda bu borada bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.


 
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi Axborot xizmati.

Teglar
- -