HUDUDLAR KO‘KALAMLASHMOQDA
🌿Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan obodonlashtiish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari Kattaqo‘rg‘on shahrida ham uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ushbu tadbirlar davomida shahrimizdagi ta’lim muassasalari, ijtimoiy soha ob’ektlari, mahallalar, xonadonlar yanada obod bo‘lmoqda.
⚡️Bugun ushbu ishlar doirasida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida tashkil qilingan daraxt ko‘chatlari ekish ishlarida shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi.
🌿Tadbir doirasida texnikum jamoasi, yoshlar ishtirokida muassasa hududiga 400 dan ortiq archa va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
⚡️Shahar hokimi "Yashil makon" loyihasi doirasidagi bu kabi kuzgi ekish ishlar hududlarni ko‘kalam va obod qilishi bilan birga insonlarni ona tabiatni sevish va asrashga, hamjihatlikda ish olib borishga undashini ta’kidladi.
Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etadi.




