Hudud orastaligiga alohida eʼtibor zarur
Shu kunlarda Kattaqo’rg’on shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi, Milliy Gvardiya va IIB hamkorligida shaharda 24 soatlik nazorat tadbirlarini olib borish yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu tadbirlar jarayonida shahar hududidagi dehqon va buyum bozorlari atrofi, shahar markazi mahalla hududlarida hamda markaziy va ichki yo‘l bo‘ylarida to‘planib qolgan chiqindilardan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Tashkil etilgan nazorat tadbirlari davomida turli xil chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlanishi oqibatida atrof-muhitga salbiy taʼsir etish holatlari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan esa, 5 nafar huquqbuzar shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91¹-moddasi 1-qismi bilan bayonnomalar rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.




