HOKIMLIK XODIMLARI UCHUN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL QILINDI
Kasallikning oqibati bilan kurashgandan ko‘ra uning oldini olish ko‘proq natija beradi. Bunda esa insonlarning o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun shu maqsadda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Hokimlik xodimlari shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli 1-son Oilaviy poliklinikaning okulist, xirurg, terapiya, EKG, UZI, nevropotolog va boshqa mutaxassislari tomonidan tekshiruvdan o‘tdilar.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra mutaxassislar tomonidan tibbiy maslahatlar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.