insurez
12-12-2025 11:48

Hokimlik xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi


Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Siyosiy-ma’rifat soatida ishtirokchilar hafta davomida yurtimizda va xorijda ro‘y bergan ahamiyatga molik voqea va hodisalar tafsiloti hamda ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar bilan tanishdilar.

Siyosiy-ma’rifat soatida yurtimizda va xorijdagi ahamiyatga molik voqealar mazmuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilayotgan tadbirlar dayjesti, mahallalar hayotiga oid yangiliklar, xodimlarga salomatlikni saqlashga oid ma’lumotlar namoyish etildi.

Shuningdek o‘quv soati ishtirokchilari bilan murojaatlar tahlili va ijro intizomiga rioya qilinishi bo’yicha tavsiyalar berilb, dolzarb masalalar muhokama qilindi.  

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -