insurez
15-05-2024 17:38

Hokim yordamchilari malaka oshirmoqda


Joriy yilning 15-16-may kunlari hududlardagi hokim yordamchilari malakasini oshirish o‘quv-seminari o‘tkazilishi belgilangan.

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Ishga marhamat” mono-markazida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi filiali hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida Kattaqo‘rg‘on shahri, Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Qo‘shrabot va Pastdarg‘om tumanlarining ayrim mahallalarida yaqinda ish boshlagan hokim yordamchilari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, hududlarning mavjud ichki imkoniyatlarini ishga soluvchi omillar va yo‘nalishlarni aniqlash masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yetakchi tadbirkorlar yangi loyihalari hamda samarali faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari bilan o‘zaro tajriba almashish borasida kelishib olindi.

Teglar
- -