insurez
29-08-2025 11:04

Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi


Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Kattaqo’rg’on shahar hokimligida OTM bitiruvchilarini bandligini ta’minlash maqsadida “Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi G.Alimova, mas’ul rahbarlar oliy ta’lim dargohini tamomlagan bitiruvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Dastlab shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlar bilan birga yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan shahrimizda malakali yosh kadrlarga berilayotgan e’tibor to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo’limi boshlig‘i v.b M.Ravshanov bitiruvchi yoshlarga shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek yosh kadrlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, boshqa viloyatlardan kelib ishlaydigan mutaxassilarni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rsatilayotgan g‘amxurliklar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

 

Teglar
- -