Hokim o‘z sektoridagi aholi va tadbirkorlar bilan uchrashdi
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova o‘z sektoridagi "Navbahor", "Chinobod", "O‘rikzor" mahallalarida bo‘ldi va aholi hamda tadbirkorlar bilan uchrashdi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda tadbirkorlarning faoliyati, energiya resurslarini tejash va undan oqilona foydalanish hamda yashil energiya manbalaridan unumli foydalanishning afzalliklari borasida so‘z yuritildi. Shuningdek, tadbirkorlarning faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Shahar hokimi uchrashuvlar davomida fuqarolarning yo‘llarni asfalt qilish, tungi chiroqlar o‘rnatish, ichimlik suvi va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari ham tingladi. Murojaatlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Shahar hokimining aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlari davom etadi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati