insurez
24-10-2025 11:22

HOKIM MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDAGI SHAROITLARNI O‘RGANDI


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun munosib shart-sharoitlarning yaratilganligi muhim. Zero, bolalarning aqlan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlarida dastlabki bosqich aynan maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlanadi.

Shahar hokimi Gavhar Alimova bu boradagi ishlar bilan tanishish maqsadida shahrimizdagi 13 hamda 14 maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi. Muassasalarda bolalarni sog‘lom ovqatlanishlarining qanday yo‘lga qo‘yilganligi, autsorsing xizmati, qamrov darajasi, mashg‘ulotlarning o‘tilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida shahar hokimi muassasalarda sifatli ta’lim jarayonini tashkil qilish, sanitariya-gigiena holatlari, obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini va topshiriqlarini berdi. 

Shu kabi o'rganishlar davom etadi. 

 


 

Teglar
- -