Hokim institut o‘qituvchilari bilan uchrashdi
Shahar hokimi Gavhar Alimova Kattaqo‘rg‘on Davlat Pedagogika institutida bo'lib, ushbu dargohda faoliyat yuritayotgan professor o‘qituvchilar bilan samimiy suhbat o'tkazdi.
Shahar hokimi oliy ta’limdagi islohotlar, pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Institut o‘qituvchilarining yutuqlarini e’tirof etdi. Uchrashuvda viloyat Pedagogik mahorat markazi direktori A.Sobirov hamda o‘qituvchilarning hamkorlikda amalga oshiriladigan yo‘nalishlar, maktablarda ta’lim sifatini oshirish va boshqa masalalar yuzasidan fikr va mulohazalari eshitildi.
Shuningdek, kelgusida institut bilan maktab va texnikumlar o‘rtasidagi hamkorlik, olima ayollarni xotin-qizlarga, stipendiya sohiblari bo‘lgan talabalarni o‘quvchi-yoshlarga biriktirish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda qilinadigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Doimiy ravishda hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.
 
                        



