insurez
11-12-2025 16:35

Hokim bog‘chalardagi sharoitni o‘rgandi


Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida shart-sharoitlarning yetarli darajada bo‘lishi bolajonlarda maktabga qadar bilim va ko‘nikmalarni shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova bu borada shahrimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlardagi mavjud holat bilan tanishdi. Jumladan, shahar hokimi 11- va 18-bog’chalarda bo‘lib,  bolalarni sog‘lom ovqatlanishlari, o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tishlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek,  muassasalarda kuz-qish mavsumidagi tayyorgarlik bilan tanishgan shahar hokimi o‘z fikrlarini bildirib, tegishli ko’rsatmalarini berdi.

Teglar
- -