insurez
11-09-2024 11:06

HOKIM AHOLI VA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI


Kuni kecha shahar hokimi Gavhar Alimova “Damariq” mahallasida aholi va tadbirkorlar bilan uchrashdi. Dastlab, hokim fuqarolar bilan suhbatlashdi va ularning muammolarini eshitdi. Jumladan, yo‘lni asfalt qilish, ichimlik suvi va oqava suvi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muammolarni tinglab, ularni hal etilishi bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlarni berdi.

Shuningdek, shahar hokimi tadbirkorlarning faoliyatlari haqida, ish jarayonlarini amalga oshirishda elektr energiyasi resurslarini iqtisod qilish va undan tejamkorlik bilan foydalanish haqida so‘z yuritdi. Bu borada tushuntirishlarni berib o‘tdi.

Shahar hokimining xuddi shunday aholi va tadbikorlar bilan uchrashuvi “Qo‘shhovuz” mahallasida ham o‘tkazildi. Suhbat davomida fuqarolarning va tadbirkorlarning murojaatlari, takliflarini eshitdi. 


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -