insurez
04-05-2024 09:33

HAYOT YO'LINGIZ BIZ UCHUN IBRAT


Bugun shahhrimizdagi 14-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida tashkil qilingan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri ana shunday nomlandi. Tadbirda uch avlod vakillari, maktabning sobiq bitiruvchilari, faxriy ustozlar ishtirok etdilar.  

Uchrashuvda 14-maktabning sobiq bitiruvchisi, Xalq qabulxonasi mudiri Xamrotosh Shodieva, kattaqo‘rg‘onlik ijodkorlar  E.Shukurova, F.Abdullaeva va maktabning faxriy o‘qituvchilari so‘zga chiqdilar. Suhbat davomida shuningdek, yoshlarga Vatanimiz uchun jonini fido qilgan qahramon o‘g‘lonlar Baxrom Ergashev, Ulug‘bek Barnoevlarning jasoratlari yuksak namuna ekanligi ta’kidlandi.

Tarix, bugun va kelajakni birlashtira olgan ushbu uchrashuv tadbir ishtirokchilari xotirasida unutilmas kun bo‘lib qolishi shubhasiz. Tadbir yakunida tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.                                                                          

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -