insurez
12-06-2024 14:12

HASHAR UYUSHQOQLIK BILAN DAVOM ETMOQDA


Bugun hashar doirasida shahrimizdagi qabristonlarda tozalash, obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Ushbu xayrli ish davomida “Dashtmozor”, “Sarmozor”, “Azizxo‘ja” va “Chig‘anoq”  qabristonlari obodonlashtirildi. Albatta, ayni yoz issig‘ida qabristonlardagi qurigan o‘tlar va shox-shabbalardan tozalash xavfsizlikni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Hashar davom etadi. O‘ylaymizki, hamshaharlarimiz ushbu xayrli ishda faol ishtirok etadilar.
 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                           

Teglar
- -