insurez
02-08-2024 11:16

Harbiy qismda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi!


Bugun Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qismda harbiy qism qo'mondonligi , Kattaqo'rg'on Modofaa ishlari va  Yoshlar agentligi shahar boʻlimlari hamkorligida shahrimizning mahallalar yoshlari ishtirokida  "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi.

Ochiq va samimiy ruhda boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida yoshlar harbiy xizmatga bo'lgan qiziqishlari borasida so'zlab, o'zlarini bu boradagi savollariga javob olishdi.

Tadbir so'ngida tengdoshlari orasida o'zining faolligi bilan na'muna bo'lgan yoshlarga harbiy qism qo'mondonligining esdalik sovg'a va faxriy yorliqlari topshirildi.
 

Teglar
- -