“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi “
Kuni kecha Kattaqo‘rg‘on shahrida o’tkazilgan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” doirasida Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qismda xalqimizning sevimli san’atkorlari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Samimiy tarzda o'tkazilgan uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Axtamquli, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Saidakbar Xolmatovlar o‘zlarining san’atlari bilan harbiylarni xushnud etishdi.
Tadbir so’ngida harbiy qism rahbariyati va harbiy xizmatchilar tashrif buyurgan san’atimiz vakillariga o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.