insurez
31-07-2024 17:23

HAR QANDAY HUQUQBUZARLIK UCHUN JAVOBGARLIK MUQARRAR


Kuni kecha JIB Kattaqo‘rg‘on shahar sudi tomonidan shahrimizdagi Amir Temur mahallasida sayyor sud o‘tkazildi. Unda 15 nafar huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga ma’muriy jazo tayinlandi.

Ushbu huquqbuzarliklar jamoat tartibini buzish, YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlik oqibatida yuzaga kelgan. Shunga ko‘ra sudda har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik muqarrar ekanligi ta’kidlandi.

Sud davomida shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahar JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan 8 nafar nazorat ostidagi shaxslar tuzalish yo‘liga o‘tganligini inobatga olinib, ular O‘zbekiston Respublikasi JKning 73 moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -