Har bir bola mehr va e’tiborda
Yurtimizda bayramlar arafasida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, imkoniyati cheklangan fuqarolarni bayram bilan muborakbod etish an’anaga aylangan. Shunga ko‘ra bugun shahar hokimligi vakillari, sektor rahbarlari shahrimizdagi 5-maxsus yordamchi internat maktabida bo‘ldilar. Maktabdagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Mazkur muassasada bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo’lib, dars mashg‘ulotlari o‘tishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunili tashkil qilish, sog‘lom ovqatlanishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan.
Albatta, bu imkoniyatlar yurtimizda har bir bola davlatimiz e’tibori va g‘amxurligida ekanligidan dalolatdir.
Shuningdek, bugun muassasa tarbiyalanuvchilari uchun bayram dasturxoni yozildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.