G‘oliblar munosib taqdirlandi
Joriy yilning 23-26 mart kunlari Toshkent shahrida "NAVRO‘Z SADOLARI" ko‘p ovozli ansambl va orkestrlarning XI-Xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Ozarbayjon, Qozogiston, Tojigiston, Qirg‘iziston Turkmaniston, Qoraqalpog‘iston hamda O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridan 500 nafar iqtidorli yoshlar va jamoalar ishtirok etishdi.
Samarqand viloyat bosqichida g‘olib bo‘gan Kattaqo‘rg‘on shahar 2-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining xalq cholg‘ulari orkestr jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 6 000 000 so’m pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.