GANDBOL SPORT TURI BO‘YICHA QIZ BOLALAR JAMOALARI O‘RTASIDA VILOYAT BIRINCHILIGI O‘TKAZILDI
2012-2013-yillarda tug‘ilgan qiz bolalar jamoalari o‘rtasida sportning gandbol turi bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi.
Ishtixon tumani Sport maktabi sport zalida o‘tkazilgan musobaqada tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin o‘quvchi-qizlar g‘oliblik uchun bellashdilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra:
I-o‘rinni Ishtixon tumani jamoasi;
II-o‘rinni Bulung‘ur tumani jamoasi;
III-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahar jamoasi egalladi.
G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat mintaqaviy bo‘limi tomonidan I-, II-, III-darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.