insurez
07-05-2025 11:25

Gandbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi


Samarqandda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida gandbol musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada 17-30 yoshdagi mahalla yoshlarining 50 ming nafarga yaqini qatnashish istagini bildirib, ro‘yxatdan o‘tishgan edi.

Musobaqaning mazkur bosqichida 16 ta shahar-tumandan kelgan 320 nafardan iborat ishtirokchilar jamoaviy tarkibda g‘oliblik uchun qizg‘in bahs olib borishdi. 

Yakuniy  natijalarga koʻra:

✅ 1-oʻrin: Samarqand shahri yoshlari jamoasi;
✅ 2-oʻrin: Kattaqo‘rg‘on shahri yoshlari jamoasi;
✅ 3-oʻrin: Ishtixon tumani yoshlari jamoasiga nasib etdi.

Qizlar o‘rtasida: 

✅ 1-oʻrin: Bulung‘ur tumani yoshlari jamoasi;
✅ 2-oʻrin: Ishtixon tumani yoshlari jamoasi;
✅ 3-oʻrin: Paxtachi tumani yoshlari jamoasi egalladi.

Musobaqa g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Endilikda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qilishadi.

Teglar
- -