FVB HAMKORLIGIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining PQ-161-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar ishtirokida zilzila vaqtida harakatlanish qoidalari hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi profilaktika inspektori, katta leytenant Sh. Turdaliyev hamda institutning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i U. Ibragimovlar ishtirok etib, talabalarga amaliy tavsiyalar berdilar.
Shu bilan birga, seysmik xavfsizlik qoidalari, yong‘inlarning oldini olish usullari va favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.