Fuqarolar qabuli o’tkazildi
Bugun shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar prokurori I.Nuriddinov, Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodieva va shahar hokimining o‘rinbosari J.Aхmedov boshchiligidagi "qurilish kompleksi" tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Ushbu qabulda qurilish kompleksining Gaz, Elektr, Suv ta’minoti, Ekologiya va atrof-muxitni muhofaza qilish, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi, Kadastrlar palatasi, Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdi.
Qabul davomida 20 nafardan ortiq fuqarolardan sud-huquq masalalari, aliment undirish, kommunal to‘lovlarni hisoblash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va yoritish, simyog‘ochlarni almashtirish va beton ustun o‘rnatishga oid murojaatlar qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 ta murojaatga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda qolgan murojaatlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga yo‘naltirilib ijrosi nazoratga olindi.