insurez
16-05-2025 16:15

FILIALIMIZNING YOSHLAR DELEGATSIYASI JIZZAXDA!


SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali bir guruh lider talabalari "Tengdosh tengdoshga" tamoyili asosida Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari bilan tanishish va hamkorlik uchun universitetga yetib keldi. 

Filial direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mustafayev boshchiligidagi delegatsiya universitetning raqamlashtirish ishlari, moddiy-texnika bazasi, sport, o‘quv, ilmiy faoliyatidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishdi. 

"Qatag‘on qurbonlari muzeyi", elektron axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishuv talabalarda ulkan taassurot qoldirdi. 

Musiqa taʼlimi yo‘nalishi ijodkor ustoz va talaba-yoshlari tomonidan ijro etilgan musiqa va ashulalar filialimiz lider talaba-yoshlariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

Shuningdek, universitet Yoshlar yetakchisi, psixologi faoliyati bilan tanishilib, kelgusidagi hamkorlik ishlari uchun kelishib olindi.

Delegatsiyaning Jizzax davlat pedagogika universitetidagi tajriba almashishga doir ishlari davom etmoqda.

Teglar
- -