“Fiestalonia Georgia” Xalqaro tanlovida
Xabaringiz bor “Iqtidor maktab ansambli” Respublika tanlovi Samarqand viloyat bosqichi g’olibi Kattaqo’rg’on shahar 11-maktabining “San’at g’unchalari” ansambli jamoasi joriy yilning 20-24 oktabr kunlari Gruziya davlatining Tbilisi shahrida bo’lib o’tadigan “Fiestalonia Georgia” Xalqaro tanlovida ishtirok etish uchun jo’nab ketishgan edi.
Ushbu Xalqaro tanlovda 10 dan ortiq davlatdan 400 ga yaqin iste’dod egalari ishtirok etib, turli yo’nalishlar bo’yicha o’zaro bellashishdi.
Mazkur tanlovda San’at g’unchalari” ansambli jamoasi ikki yoʻnalishda ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko’ra, “San’at g’unchalari” ansambli jamoasi
2 ta - 🥇 o’rinni egallab,
2026-yil fevral oyida Ispaniya davlatida bo’lib o’tadigan Xalqaro tanlovga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
“San’at g’unchalari” ansambli jamoasiga yutuqlar muborak bo’lsin!




