Fidoiy va jonkuyar xodimlar e'tirof etildi
Kattaqo‘rg‘on shahar IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning ota-onalari bilan viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i, viloyat IIB boshlig‘ining maslahatchisi hamda viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi ishtirokida samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida rahbariyat va xodimlar orasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ota-onalarga tashkilotning umumiy faoliyati, kelgusidagi rejalar va xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ota-onalar o‘z fikr va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Uchrashuvda ota-onalarga, farzandlari tomonidan xizmat vakolatlarini suiist’mol qilmasliklari, korrupsiya va tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlarini doimiy raviishda tushuntirishlari tavsiya etildi.
Uchrashuv so‘ngida o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan jonkuyar xodimlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.