FAXRIY ONAXONLAR DOIM EHTIROMDA
Jamiyat gultoji, oilalar fayzi bo‘lgan lobar opa-singillar, munis va mo‘tabar ayollarni har qancha e’zozlasak arziydi. Zero, ayol bilan olam munavvar. Shu kunlarda 8 mart- Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida ularga hurmat va ehtirom ko‘ratilmoqda.
Shahar hokimi Gavhar Alimova bayram munosabati bilan kattaqo‘rg‘onlik ayollar, onaxonlar xonadonlarida bo‘ldi. Jumladan, faxriy pedagog Xanifa Shukurova bilan bo‘lgan samimiy suhbatda bugun ayollarga ko‘ratilayotgan ehtirom, e’tibor haqida so‘z yuritdilar va bu albatta har bir ayolning, xotin-qizning hayotda o‘z o‘rnini topishi, baxtiyor va farovonlikda yashashiga imkon bo‘lishini ta’kidladilar. Onaxonga bayram sovg‘asi taqdim etildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.