FAVQULODDA VAZIYАTLAR XODIMLARI TAQDIRLANDI
Mamlakatimizda aholi farovonligi jamiyat taraqqiyoti hamda yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlarni tashkil qilishda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tizimida faoliyat yuritib kelayotgan soha xodimlarining xizmatlari munosib bo‘lmoqda.
Shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tashkil topganligining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda bu borada so‘z yuritildi. Unda so‘z olgan shahar hokimi Gavhar Alimova soha xodimlarining aholi hayoti va salomatligini va moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasidagi tadbirlarni samarali tashkil qilish yo‘lidagi mehnatlarini e’tirof etdi.
Shundan so‘ng shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining bir qator fidoyi xodimlariga shahar hokimligining tashakkurnomasi va sovg‘alari taqdim etildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.