"Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi"
Kattaqo‘rg‘on shahar FVB xodimlari tomonidan "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi" doirasida talabalar turar joylarida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida talabalarning ijara xonadonlari va yotoqxonalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlar — jumladan, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha talabalarga, xonadon egalariga hamda mas'ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.




