#EʼTIROF
Kattaqo‘rg‘on Davlat Pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan “Adolat” sotsial demokratik partiyasining respublika amaliy seminari davomida kattaqo‘rg‘onlik faol xotin-qizlar taqdirlandi.
Partiyaning Respublika Siyosiy Kengashi tomonidan shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Shahlo Kuchkarovaga “Adolat” ko‘krak nishoni topshirildi.
Ko‘krak nishonini topshirgan Siyosiy kengash raisi o‘rinbosari Ozoda Parpibayeva Sh.Kuchkarovaning shaharda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni taʼminlash borasidagi ishlarini eʼtrof etdi va ilk bor shaharda partiya rahbari sifatida samarali faoliyat yuritganini aytib o‘tdi.
                        



