E‘tirof
O‘zbekistonning "Phoenix" nashriyoti hamda nufuzli xorijiy tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan "Buyuk jadidlar izdoshi" tanlov-almanaxida qatnashgan hamshahrimiz, faxriy jurnalist Fazilat Abdullayevaning ijodiy ishi e‘tirof etildi.
Nashriyot tomonidan ijodkorga taqdim etilgan tashakkur xati, diplom hamda ko‘krak nishonini topshirgan shahar hokimi Gavhar Alimova uning kelgusidagi ijodiy faoliyatiga zafarlar tiladi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.