insurez
15-10-2025 17:14

#E’TIROF


Shahrimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzaliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori hamda “Respublikada kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 111-son Qarori asosida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda mahalla yettiligi vakillari hamda huquq tartibot organlari xodimlarining mehnatlarini e’tirof etish joiz.

Kuni kecha hokimlik binosida o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan mazkur yo‘nalishda samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarning xizmatlari yuqori baholanib, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishdagi yutuqlari uchun bir guruh faol mahalla yettiligi vakillari, ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlariga shahar hokimligining qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

Teglar
- -