#E'tirof
Shu paytgacha Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Daminov Alisher Akbarovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tantanali kuzatish tadbiri o‘tkazildi.
Yig‘ilganlar Alisher Daminovning shahrimizda olib borgan faoliyati davomida amalga oshirgan ishlarini e’tirof etishdi hamda kelgusidagi ishlariga omad tilashdi.
Tadbir so‘ngida Alisher Daminovga to‘n kiydirilib, yangi lavozimiga kuzatildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.




