insurez
12-12-2025 18:15

"ENG YAXSHI KITOBXON XODIM" TANLOVI O'TKAZILDI


Mahalliy hokimliklarda xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ularning intellektual salohiyati va ma'naviy saviyasini yuksaltirish borasida  Samarqand viloyati hokimligi tomonidan e’lon qilingan “Eng boy kutubxonaga ega mahalliy hokimlik” hamda “Eng yaxshi kitobxon xodim” yo‘nalishlaridagi ko‘rik-tanlovlar viloyat bo‘ylab o’tkazilmoqda.

Bugun Kattaqo`rg`on shahar hokimligi axborot kutubxonasida mazkur tanlovning “Eng yaxshi kitobxon xodim” yo‘nalishi bo'yicha shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning noyob asarlaridan tanlab olingan 5 ta asarni o‘qiganliklari  yuzasidan savol-javob tarzida baholanishdi hamda tadbir davomida eng faol kitobxonlar aniqlandi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -